Samarqandga qo‘shimcha "Afrosiyob" poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Bu haqda "Temiryo‘lekspress" matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, sayyohlarga qulaylik yaratish, ularning harakatlanish sharoitlarini yaxshilash va mavjud temir yo‘l yo‘nalishlarida yuklamani kamaytirish maqsadida Toshkent va Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha "Afrosiyob" qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
"Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdi shaharlararo qo‘shimcha qatnovlarni joriy yilning 11-28 sentyabr kunlari amalga oshiradi. Qo‘shimcha poyezd 11, 12, 14, 18, 19, 20, 21, 25, 27 va 28 sentyabr kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-son Samarqand - Toshkent:
Samarqand 10:55 - Toshkent 13:10;
776-son Toshkent - Samarqand:
Toshkent 13:56 - Samarqand 16:09.
Sh.Mamaturopova, O‘zA