Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddan Tatariston poytaxtiga
19:27 / 2023-10-24

Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozon – Samarqand – Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘ymoqda.

“Uzbekistan Airports” ma’lumotlariga ko‘ra, shaharlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar  2023 yilning 30 oktyabridan boshlanishi rejalashtirilgan. Reyslar muntazam ravishda haftada bir marta -dushanba kunlari SU95 samolyotlarida amalga oshiriladi.    

“Red Wings” Rossiyaning Domodedovo aeroportida joylashgan aviakompaniyadir. U doimiy va charter reyslarda yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda aviatashuvchi O‘zbekistonning beshta shahridan Rossiyaning beshta shahriga parvozlarni amalga oshiradi.  

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.