Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddan esdalik: Sharl Mishel Registonda suratga tushdi
18:55 / 2022-10-28

Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasida bo‘ldi.

Buyuk jahongir, sohibqiron Amir Temurning davlatchilik siyosati, Movarounnahr, jumladan Samarqandda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqidagi ma’lumotlar Yevropa kengashi Prezidentida katta taassurot qoldirdi.

Dunyoga mashhur Registon majmuasiga sayohat ham Sharl Mishelning hayrat va havasiga sabab bo‘ldi.

– Samarqand azaldan sivilizatsiya markazi, ilm-fan va madaniyat ravnaq topgan maskan bo‘lgan, – dedi Sharl Mishel. – Lekin bu shahar tasavvur qilganimdan ham go‘zal va betakror ekan. Bu butun insoniyatning o‘tmishi va boyligidir. Umuman, O‘zbekistonga tashrifim, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralarimiz ham samarali bo‘ldi.

Yevropa kengashi Prezidenti Registonda esdalik uchun suratga tushdi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA