Samarqanddagi uch tumanga yangi prokurorlar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining tegishli buyrug‘iga asosan, shu paytgacha Urgut tumani prokurori bo‘lib ishlagan Xolmurzayev Shuhrat Safarovich lavozimidan ozod etilib, Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgan Ahmedjonov Erkin Ergashevich esa Pastdarg‘om tumani prokurori bo‘ldi.
Shu paytgacha Pastdarg‘om tumani prokurori bo‘lgan Valiyev Asror Hamzayevich endi Urgut tumani prokurori lavozimida faoliyatini davom ettiradi.
O‘zA