Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi to‘yxonada ovqatdan ommaviy zaharlangan bemorlar sog‘lig‘i nazoratga olingan
12:10 / 2019-09-17

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi to‘yxonada odamlarning ovqatdan ommaviy zaharlanishi bo‘yicha ma’lumotlar tarqaldi.


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi to‘yxonada odamlarning ovqatdan ommaviy zaharlanishi bo‘yicha ma’lumotlar tarqaldi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur holatni o‘rganib, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joriy yil 16 sentabr kuni soat 16:10 dan soat 18:30 ga qadar turli xonadonlarda yashovchi yetti nafar fuqaro bir xil klinik belgilar (ko‘ngil aynish, qayt qilish, bosh og‘rig‘i, qorin sohasida og‘riq, 4-5 marta ich ketish, tana haroratining yuqoriligi, holsizlik) bilan murojaat qilishgan.

O‘tkazilgan tezkor epidemiologik surishtiruvlarda barcha bemorlar 14 sentabr kuni kechki vaqtda Registon ko‘chasida joylashgan “Mo‘jiza” restoranida o‘tkazilgan to‘yda ishtirok etib, to‘ydan so‘ng ortib qolgan go‘sht hamda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini uylariga olib ketishgan. Ular bu taomlarni xonadonlarida to‘yning ertasi kuni, ya’ni, joriy yil 15 sentabr kuni tushlikda va kechki ovqatda iste’mol qilishgan.

Bemorlarda 15 sentabr kuni kech soat 18:00 larda ko‘ngil aynishi va qayt qilish kabi klinik belgilar bilan kasallik boshlangan. Ayrimlari uy sharoitida muolaja o‘tkazishgan, ahvoli yaxshilanmagach, “tez tibbiy yordam”ga murojaat qilishgan.

Ayni paytga qadar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘n yetti nafar bemor murojaat qilgan. Ularga ovqat toksikoinfeksiyasi yengil va o‘rta og‘ir darajasi tashxisi qo‘yilib, o‘n bir nafari yotib davolanayapti, ahvoli yaxshi. Qolgan olti nafarining ahvoli yaxshilangach, uyiga ruxsat berilgan.

Bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratiga olingan bo‘lib, malakali shifokorlar tomonidan davolash ishlari olib borilmoqda.