Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi sudlarda uch oyda korrupsiyaga oid 84 ta ish ko‘rildi
15:03 / 2022-05-16

Bu haqda viloyat sudlarining joriy yil birinchi chorakdagi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.

Samarqand viloyati sudi raisi O.Hayitovning ta’kidlashicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 113 nafar shaxsga nisbatan korrupsiyaga oid 84 ta jinoyat ishi, 235 nafar shaxsga nisbatan 186 ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib tamomlandi. Mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha ta’lim sohasidan 18 nafar, bank tizimidan 9 nafar, sog‘liqni saqlash tizimidan 7 nafar, qurilish sohasidan 5 nafar shaxs sudlangan. Ko‘rilgan jinoyat ishlari bo‘yicha jami 10 milliard 912 million 789 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlab, 9 milliard 486 million so‘m miqdoridagi zarar dastlabki tergov davomida, 702 million so‘mi sud davomida undirilgan. 

Jinoiy qilmish sodir qilganligi uchun ko‘rib tamomlangan ishlarda 42 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortilgan. 2022 yil birinchi choragi davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan yer bilan bog‘liq 14 ta ish ko‘rilib, korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan 17 nafar shaxsga tegishli chora ko‘rilgan.

G‘olib Hasanov,
O‘zA muxbiri