Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi SHHT sammitida Putin qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi
11:21 / 2022-09-15

Bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda. Xabarda qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga keldi. Tadbir doirasida davlat rahbari qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

SHHT sammitda kutilganidek, keng ko‘lamli masalalar – xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida tashkilot salohiyatini mustahkamlash, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, transport aloqalarini takomillashtirish, SHHTning madaniy-gumanitar yo‘nalishini mustahkamlash kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.

Putin, shuningdek, Xitoy, Eron, Pokiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston va Turkiyadagi hamkasblari bilan alohida uchrashadi. Xususan, Anqaradagi diplomatik manbaning ria Novostiga ma’lum qilishicha, u Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘an bilan Rossiya gazini yetkazib berish masalasini, shuningdek, yoqilg‘i sotib olish uchun rubl va lirada qisman to‘lash tafsilotlarini muhokama qiladi.

O‘zA