Samarqanddagi savdo markazi bolalar o‘yin maydonchasi vaqtincha yopildi
Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan Surxondaryo va Qashqadaryodagi yirik savdo markazlarida o‘tkazilgan o‘rganishlar ortidan xavfsizlik talablari bajarilmagani sababli ushbu majmualar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi esa bundan xulosa chiqargan holda vazir kelishini kutib o‘tirmay, viloyatdagi shunday maskanlarda nazorat tadbirlari o‘tkazdi.
Jumladan, Samarqand shahridagi “Makon mall” savdo markazida aholi xavfsizligi qay darajada ta’minlangani va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilayotgani holati o‘rganilib, ushbu binoning 3 va 4-qavatlarida joylashgan bolalar o‘yin maydonchalari va oshxonalar faoliyati to‘xtatildi.
G‘olib Hasanov, O‘zA