English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi radarlar bir oyda 11897 ta qoidabuzarlikni qayd etdi
15:41 / 2021-02-10

2021 yilning dastlabki oyi tahillariga ko‘ra, Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini taminlash va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida ko‘rilgan choralar, o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida bir oy mobaynida viloyat hududida 40280 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

Bu o‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda 76 foizga yoki 14416 taga ko‘pdir. Jumladan, 725 holatda hayodovchilarning transport vositasini mast holda boshqargani qayd etilib, tegishli javobgarlik choralari belgilandi.

– Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan vakolatimiz doirasida bo‘lgan  

34180 ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha huquqbuzarlardan 5 milliard 635 million so‘m miqdorida jarima undirish belgilangan, – deydi Samarqand viloyati IIB YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Z.Qayumov. 

– Bundan tashqari, viloyat hududidan o‘tuvchi xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan onlayn rejimida ishlovchi 17 ta statsionar va 5 ta mobil radar yordamida 11897 ta qoidabuzarlik aniqlanib, 5 milliard 663 million so‘m jarima yozilgan.   Samarqand shahrining serqatnov ko‘chalari va chorrahalarida tirbandliklarning oldini olish maqsadida Mirzo Ulug‘bek va Spitamenshoh,  Dahbed va Rudakiy ko‘chalari chorrahasida hamda Narpay tumani hududida 3.27 yo‘l belgisi ta’sir zonasida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan transport vositalarini aniqlovchi “Parkon” dasturi asosida ishlovchi 6 ta videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi. Ushbu vositalar yordamida 2021 yil yanvar oyida 2360 ta qoidabuzarlik aniqlandi.

Yilning dastlabki oyida viloyat hududida 32ta transport vositasi ishtirokida 24 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgani qayd qilindi. Ularning 7 tasida tan jarohati olish, 11 tasida o‘lim holati kuzatildi. Yo‘l-transport hodisalarning 3 tasi bolalar bilan bog‘liq bo‘ldi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA