Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi Navoiy bog‘iga xorijdan mehmonlar keldi
15:08 / 2022-02-09

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan bugun Samarqand shahridagi alloma nomi bilan ataluvchi markaziy istirohat bog‘ida o‘tkazilgan tadbirda viloyat jamoatchiligi vakillari, ijodkorlar, talaba-yoshlar bilan birga turkiy tilli davlatlarning turizm va madaniyat vazirliklari xodimlari ham ishtirok etdi.

“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori, professor J.Eltazarov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi J.Suvonova Alisher Navoiyning turkiy til va adabiyot rivojidagi tilshunosligidagi o‘rni, uning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar haqida so‘z yuritdi.  

Alisher Navoiyning asarlari bugun dunyo xalqlarining bebaho ma’naviy merosiga aylangan. Ular turli tillarga tarjima qilinib, o‘rganilmoqda. Tadbirda Samarqand davlat universiteti talabalari buyuk mutafakkir g‘azallaridan namunalar o‘qidi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan Navoiy siymosi aks ettirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. 

[gallery-5694]

 – O‘zbekistonda uchinchi bor mehmon bo‘lib turibman, – deydi Turkiya turizm va madaniyat vazirligi xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Go‘zda Shahin. – Bu galgi tashrifimiz turk dunyosinig buyuk shoiri Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga to‘g‘ri kelishi bizni xursand qildi. Navoiy asarlari Turkiyada ham juda katta qiziqish va alohida hurmat bilan o‘rganiladi. Turk shoir va yozuvchilari tomonidan Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab tarbiyaviy ahamiyatga ega ko‘plab asarlar yaratilgan. Navoiy turkiy tilli barcha xalqlarning buyuk allomasidir. 

Tadbir qatnashchilari bog‘dagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar. 

Viloyatdagi ta’lim muassasalari, madaniyat va ma’rifat maskanida alloma tavallud kuniga bag‘ishlangan tadbirlar, mushoiralar o‘tkazilmoqda.

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA