Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi kurashning bosh sovrini – “NEXIA-3”
15:18 / 2019-03-18

Kuni kecha xalqaro uloq-ko‘pkari musobaqasini o‘tkazib, eng kuchli chavandoz-polvonni “Lasetti” avtomobili bilan taqdirlagan Samarqand viloyati hokimligi 20 mart kuni milliy kurash bo‘yicha yana bir nufuzli bellashuvni tashkil etmoqda.

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida o‘tkaziladigan musobaqaga ham yurtimizning nomdor polvonlari ishtirok etishi kutilmoqda. Ular uch vazn (73 kg.gacha, 90 kg.gacha, 90 kg.dan) toifasida bel olishadi.

Musobaqa g‘oliblari uchun 500 ming so‘mdan 4 million so‘mgacha (jami 97,2 million so‘m) pul mukofoti, zamonaviy televizor va muzlatkich beriladi.
90 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi polvonlar kurashida bosh tovoqqa “NEXIA-3” avtomobili qo‘yilgan.

Xullas, 20 mart kuni “Mo‘jiza”da kurashchilar va ishqibozlarni mo‘jizaviy tomoshalar kutadi.