French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi ko‘pkarida bosh sovringa "Cobalt" avtomashinasi qo‘yildi
20:08 / 2022-03-21

Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari doirasida bugun Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi "Qoraqasmoq" otchoparida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda yurtimizning turli hududlaridan, shuningdek, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan chavandozlar ishtirok etdi. Ular bir necha asrlik tarixga ega milliy o‘yinda o‘zlarining qanchalik epchil va chaqqonligini namoyish etdi.

Musobaqaning bosh sovrini – "Cobalt" avtomobili g‘allaorollik Alisher polvonga nasib etdi. U urgutlik Murodjon Fayziyevning O‘rta Osiyo chavandozlari tan olgan "Boying" laqabli oti bilan ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.

G‘olib chavandozga avtomashina kalitini Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov topshirdi.

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA