Samarqanddagi "Kabob festivali"da 20 metrlik kabob tayyorlanmoqda
Bugun Samarqand shahrida Navro‘z sayli o‘tkazilmoqda.
Viloyat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, mahallalar tomonidan ayyom bilan bog‘liq urf-odat va an’analar, milliy taomlar ko‘rgazmalari tashkil qilingan.

Milliy kuy-qo‘shiqlar, laparlardan tuzilgan dasturlar namoyish etilmoqda.
Alisher Navoiy ko‘chasida "Kabob festivali" o‘tkazilmoqda.

Unda yetti jamoa o‘zaro mahorat sinovida bellashmoqda. Ahamiyatlisi, festival doirasida 20 metrlik kabob tayyorlanmoqda.










G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA