French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi homiylik xayriyalari markazi ehtiyojmand oilalarga mahsulot yetkazishni boshladi
18:38 / 2020-04-07

Shuningdek, 60 tonnadan ortiq 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyoj vositalari, dori-darmonlar jamlandi.


Samarqand viloyat mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi qoshida 2-apreldan faoliyat boshlagan “Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi”ga shu paytgacha korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar, saxovatli kishilardan 1 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ kelib tushdi. Shuningdek, 60 tonnadan ortiq 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va kundalik ehtiyoj vositalari, dori-darmonlar jamlandi.

Bu mahsulotlar Samarqand shahar Gagarin koʻchasidagi Samarqand olimpiya zaxiralari tayyorlash majmuasida belgilangan tartibda, sanitariya meʼyorlari asosida qabul qilinib, shu yerdan joylarga taqsimlanmoqda.

photo_2020-04-07_18-37-09.jpg

Bugun markazda jamlangan mahsulotlar belgilangan tartibda dezinfeksiya qilingan transport vositalari orqali Ishtixon va Payariq tumanlaridagi ehtiyojmand oilalarga yuborildi.

Xayriya mahsulotlarini yetkazib berish ishlari maxsus himoya vositalari bilan taʼminlangan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda.

Markazda “Call-sentr” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, “1197” qisqa raqamli telefon orqali xayriya qilmoqchi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda yordamga muhtoj kishilardan murojaatlar qabul qilinmoqda.