Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi eng baland bayroq qaysiligini bilasizmi?
15:58 / 2019-11-13

Bugungi kunda yurtimizdagi katta maydonlar, bog‘ va xiyobonlarda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i o‘rnatilmoqda.


Bugungi kunda yurtimizdagi katta maydonlar, bog‘ va xiyobonlarda O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i o‘rnatilmoqda.

Jumladan, Samarqandda shunday ulkan bayroq 2018 yil 7 dekabrda shaharning Ko‘ksaroy maydonida o‘rnatilgan edi. 60 metrlik flagshtokdagi ushbu bayroqning uzunligi 20 metr, eni esa 10 metrni tashkil etadi.

Ayni paytda viloyatning boshqa tuman va shaharlarida ham ulkan bayroqlar o‘rnatilgan. Ular orasida hozircha eng balandda hilpirab turgani Urgutda.

Joriy yilda Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan Jartepada o‘rnatilgan katta bayroq 62 metr balandlikda joylashdi.

Shuningdek, ayni paytda Urgut tumani markazida ham 42 metr yuksaklikda Vatanimizning ulkan bayrog‘i hilpirab turibdi.

– Bayroq – davlat suvereniteti ramzi, – deydi Urgut tumani hokimi o‘rinbosari H.Qosimov. – Shu bilan birga unda jonajon Vatanimiz va bunyodkor, bag‘rikeng xalqimiz tarixi ham o‘z aksini topgan. Bayroqni ko‘rgan, uni ko‘targan kishi qalbida o‘zgacha g‘urur va iftixor paydo bo‘ladi. Ayniqsa, davlat bayrog‘imizning baland-baland joylarda hilpirab turishi shu yurt fuqarolarida faxr uyg‘otadi. Bayroq yurtdoshlarimizda, xususan, yoshlarda vatanparvarlik, yurtga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlaydi.