Anomal sovuq tufayli yurtimizdagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til uzaytirilgan edi. Ammo keyinchalik 11 yanvardan ko‘pgina viloyatlarda mahalliy hokimliklar qarori bilan o‘qish boshlandi, ayrimlarda yana uzaytirildi.
Samarqand viloyatdagi 950 ta umumta’lim maktabida 11 yanvardan o‘qish jarayonlari boshlangan bo‘lsa-da transportda borish qiyinligi, masofa uzoqligi va zarur issiqlik bilan ta’minlash imkoniyati cheklanganligi sababli 97 ta umumta’lim maktabida darslar 13 yanvardan, 208 ta maktabda esa 18 yanvardan boshlanishi belgilangandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/LPszHGNOk90" title="Samarqanddagi barcha maktablarlarda 18 yanvardan o‘qish boshlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shokir Sultonov bugun o‘tkazilgan brifingda 18 yanvardan viloyatdagi barcha maktablarda darslar boshlanishini ma’lum qildi. bugungi kunda viloyatda ertalab havo harorati -5 -7 daraja sovuq atrofida. Kunning birinchi yarmiga borib +2...+5 daraja iliqni tashkil etdi.
Boshqarma boshlig‘ining ma’lum qilishicha barcha ta’lim muassasalarini isitish, elektr energiyasi, tabiiy gaz bilan ta’minlash chorasi ko‘rilgan. Tabiiy gaz yetib bormagan va gaz bosimi past bo‘ladigan hududlardagi ta’lim va tibbiyot muassasalariga mahalliy byudjetning zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ko‘mir xarid qilishi uchun pul ajratildi.
G‘.HASANOV, O‘zA