Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi aksariyat qurilish ob’ektining pasporti yo‘q
12:21 / 2020-11-23

Bu haqda Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Shukurov qurilish sohasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda ta’kidladi.

Seminarda qayd etilishicha, ayni paytda viloyatdagi qurilish ob’ektlarida texnik pasportlar joriy etilishi hamda qurilish maydonlarini himoya to‘siqlari bilan o‘ragan holda ish olib borish qoniqarsiz holatda. Qurilish ob’ektlarida belgilangan sifat mezonlariga amal qilinmayapti, ko‘p qavatli uy-joylar qurilayotgan joylarda shourum (showroom) tashkil etilmagan. Shuningdek, ba’zi hududlarda tegishli dasturlar doirasida ijtimoiy soha ob’ektlari hamda namunaviy loyihalar asosida uy-joylar qurilishida ham kamchiliklar juda ko‘p.

– Qurilishga oid hujjatlar rasmiylashtirilishida ham bir qator qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani oqibatida viloyatdagi 250 ta ob’ektning qurilish ishlari to‘xtatildi, – dedi A.Shukurov

. – Endi belgilangan normalarga amal qilinmagan har qanday qurilish ob’ekti ishi to‘xtatiladi va uning faoliyatiga huquqiy baho beriladi. Sifatsiz qurilgan imorat uchun qurilishga mas’ullar xalq oldida hamma javob beradi.

 

 

G‘.HASANOV, O‘zA