Samarqanddagi 282 masjidda hayit namozi o‘qildi
Davlatimiz rahbarining qaroriga ko‘ra, bugun Qurbon hayitining birinchi kuni yurtimizda bayram sifatida keng nishonlanmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ko‘rsatmasiga asosan, jome masjidlarida hayit namozi ibodatlari ado etildi. Jumladan, Samarqand viloyatidagi 282 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi rejalashtirilib, ularda namozxonlar uchun zarur shart-sharoit yaratildi.


Samarqand shahridagi "Namozgoh" masjidida hayit namozida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etib, viloyat ahlini Qurbon hayiti bilan tabrikladi.


Bayram arafasida hokimliklar, saxovatpesha kishilar tomonidan mahallalardagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bemorlar holidan xabar olinib, ularga muruvvat yordamlari ko‘rsatildi. Bu xayrli yumushlar bugun ham davom etadi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA