English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqanddagi 16113 korxonaning soliqdan 102 milliard 508 million soʻm qarzi bor
13:12 / 2020-10-13

Jumladan, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Turon building manufagture" masʼuliyati cheklangan jamiyatidan 1 milliard 37 million soʻmlik soliq qarzi undirildi.


Bu haqda Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 18-maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 20-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun aholi, tadbirkorlik subyektlari, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga koʻra, viloyatdagi 13 ming 135 ta xoʻjalik yurituvchi subyektning 64 milliard 181 million 500 ming soʻmlik soliq qarzini undirish 31-dekabrga qadar uzaytirildi.

Ammo soliq imtiyoz va preferensiyalariga ega boʻlmagan korxonalar ham borki, ularning qarzini undirish choralari koʻrilmoqda. Jumladan, Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “Turon building manufagture" masʼuliyati cheklangan jamiyatidan 1 milliard 37 million soʻmlik soliq qarzi undirildi. Paxtachi tumanidagi “Ziyovuddin textile” masʼuliyati cheklangan jamiyati ham byudjet oldidagi 845 million 230 ming 100 soʻmlik soliq qarzidan qutuldi.