Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda zamonaviy kardiologiya markazi: yangi bosqich va mutaxassis fikri (+video)
12:28 / 2025-12-07

Prezident tashrifidan so‘ng...

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Raqamli sog‘liqni saqlash markazi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiallari bilan tanishgan edi Bu yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor siyosatni yana bir bor namoyon etdi.

Tubdan yangilangan Samarqand mintaqaviy Kardiologiya markazi 52 milliard so‘mlik rekonstruksiya va jihozlash ishlaridan so‘ng 100 o‘rinli, 262 turdagi zamonaviy uskunalarga ega shifo maskaniga aylangan. Mobil diagnostika tizimi orqali “mobil angiograf” xizmatidan 7 mingdan ortiq bemor foydalangani ham sohadagi innovatsion yondashuvdan darak beradi.

Markaz direktori Xushnud Nizomov bilan suhbatda mutaxassis markazning bugungi imkoniyatlari, yangi joriy etilgan raqamli texnologiyalar, xususan, D-med tizimining afzalliklari, shuningdek, Prezident tomonidan berilgan topshiriqlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

Markazdagi sharoit, amalga oshirilayotgan yuqori texnologiyali operatsiyalar soni, kadrlar tayyorlash jarayoni va kelgusi rejalar haqida batafsil ma’lumotni aynan shu videosuhbat orqali ko‘rib olishingiz mumkin.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/PwYJTKkHB7k" title="Samarqandda zamonaviy kardiologiya markazi: yangi bosqich va mutaxassis fikri" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz XUDOYBERDIEV,

Iskandar ISMATOV (video), O‘zA