French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaroning niyati amalga oshmadi
14:54 / 2021-01-25

2021 yil 23 yanvar kuni Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek va Buyuk ipak yo‘li ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi X.B. boshqaruvida bo‘lgan “Vaz-2103” rusumli avtomashina yo‘l harakati qoidalarining 41 va 7-bandi talablarini buzib kelayotganligi sababli YPX inspektori tomonidan tegishli tartibda to‘xtatilib, unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiriladi va avtomashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shundan so‘ng, haydovchi inspektorga avtomashinasini jarima maydonchasidan chiqarib berishi evaziga 600 ming so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

YPX inspektori ushbu holat yuzasidan viloyat IIB boshlig‘iga murojaat qilgan.  

Mazkur bildirgiga asosan, IIV o‘z xavfsizligi boshqarmasi hamda Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. YPX inspektoriga 600.000 so‘m miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati