Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda yosh liderlar klubi tashkil etiladi
17:30 / 2021-01-11

Bu haqda Samarqandda bo‘lib turgan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi rahbarining birinchi o‘rinbosari O.Hasanov agentlik Samarqand hududiy filiali xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida qayd etilgan vazifalar va ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarga e’tibor qaratildi. Viloyatda davlat xizmati xodimlari bilim va malakasini oshirish, vakant lavozimlarga eng munosib nomzodlarni saralashda filial oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritildi. Samarqand viloyatida mavjud o‘rta bo‘g‘in davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha alohida reja-jadval ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish, kadrlar xizmati rahbarlari reyting ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, “Samarqand: kelajak liderlari” mavzusida 21-30 yoshli davlat fuqarolik xizmatchilari bilan ochiq muloqot tashkil etish va kelgusida “Kelajak liderlari” nomli yosh liderlar klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi. Ushbu mavzuda 12 yanvar kuni Samarqand yoshlar markazida ochiq muloqot o‘tkaziladigan bo‘ldi.

O.Hasanov Bulung‘ur tumanida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan, Jomboy tumanida esa yoshlar vakillari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.

 

G‘.HASANOV, O‘zA