Samarqandda yer sotish bilan bog‘liq yana bir holatga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB xodimlari hamkorligida Bulung‘ur tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida yer sotish jinoyati bilan bog‘liq tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida Samarqand shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan Z.G‘. mahalliy fuqaroga Bulung‘ur tuman hokimligi zaxirasidagi 10 gektar yer maydoniga egalik qilish uchun o‘tkaziladigan auksionda g‘olib bo‘lishini hamda ushbu yer maydonini uning nomiga mansabdor tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 7500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda, fuqaro Z.G‘.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA