Samarqandda yer sotayotgan advokat ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmati va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan joriy yilning 20 yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy yer sotish holatiga chek qo‘yildi.
Tadbir davomida Samarqand tumanida yashovchi, nufuzli advokatlik byurosi advokati A.T. o‘ziga ijara huquqi asosida berilgan, Jomboy davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 4 gektar yer maydonini mahalliy fuqaro U.M.ga 30 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, ko‘rsatilgan mablag‘ning 15 ming dollarini o‘z xizmat xonasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda advokat “A.T.” ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA