Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda Yaponiya universiteti bilan aloqa va hamkorlik markazi tashkil etildi
14:49 / 2025-10-31

Samarqandda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston va Yaponiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining beshinchi forumi doirasida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Tsukuba universitetining aloqa va hamkorlik markazi ochildi.

Tadbirda ikkala universitet rahbarlari hamda forum ishtirokchilari qatnashib, markazda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishdi.  

Universitetlar rahbarlari mazkur markaz oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi akademik hamkorlikni chuqurlashtirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda talabalar va ilmiy xodimlar almashinuvini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Ushbu markaz Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vazirligi  tomonidan Tcukuba universitetiga topshirilgan “Yaponiyada ta’lim olishni ilgari surish uchun xorijiy tarmoqlar funksiyalarini mustahkamlash (MDH mintaqasi bo‘yicha) loyihasi” doirasida tashkil etildi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri