Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda yangi sport inshootlari ochildi
11:48 / 2025-12-31

Yangi yil bayrami arafasida viloyatning Bulung‘ur tumani sport maktabida yangi kurash zali foydalanishga topshirildi.

– Davlatimiz rahbarining tegishli qarori asosida Bulung‘ur tumanini 2025-2026 yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturi bo‘yicha barpo etilgan yengil konstruksiyali mazkur sport inshooti sport maktabi tarbiyalanuvchilariga chinakam sovg‘a bo‘ldi, – dedi tadbirda qatnashgan Samarqand viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Jasur Nurmonov. – Lekin sport maktabida shug‘ullanuvchilarga har tomonlama qulay sharoit yaratish ishlari bu bilan to‘xtab qolmaydi. Yangi yilda ham maktab moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi ishlar davom etadi. Yangi sport jihozlari olib kelish va qo‘shimcha sport to‘garakalari ochish rejalashtirilgan.

Narpay tumani sport maktabining TIP-1 o‘yingohi ham Yangi yil oldidan yangicha ko‘rinishga keldi.  

3 milliard so‘m mablag‘ evaziga rekonstruksiya qilingan o‘yingohda sport maktabi tarbiyalanuvchilarining nafaqat futbol, balki yengil atletikaning bir necha sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratildi.  

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari