Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda “Yandex Uzbekistan” dasturlash maktabi ochildi
20:15 / 2024-10-16

“Yandex” dasturlash maktabi 14-17 yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan Python tilida dasturlash asoslarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro loyihadir. Mazkur loyiha ilk bor 2023 yilda Toshkentda o‘z ishini boshlagan.

Samarqanddagi maktabda ilk darslar bo‘lib o‘tdi. Bu yerda kunduzgi ta’lim joriy qilingan bo‘lib, mashg‘ulotlar “Wepro” maktabi negizida haftada ikki marta yarim soatdan o‘tkaziladi.    

“Yandex Uzbekistan”kompaniyasi xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, loyihada ishtirok etish mutlaqo bepul.  Kirish imtixonlarining natijalariga ko‘ra, 14 nafar bola maktabga o‘qishga qabul qilingan. Ularning hammasi mahalliy maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari hisoblanadi.  

– Kelajak avlod rivojlanishi va ta’limiga yo‘naltirilgan investitsiya davlat va biznes hamkorligi amalga oshirilayotgan ishlarning muhim qismidir. Dasturlashni yoshlik chog‘idan boshlab o‘rganish O‘zbekiston yoshlarining kelajakdagi muvaffaqiyati va ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish  garovidir, – deya izoh berdi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.    

– Ushbu loyiha tufayli talabalarimiz zamonaviy resurslar va amaliy tajribadan foydalangan holda ekspertlardan ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ishonchimiz komilki, bu boradagi sheriklik ko‘plab yosh mutaxassislarga IT sohasida ilk qadamni tashlash va mintaqaning raqamli rivojlanishiga yordam beradi,– deydi “Wepro” IT –maktablar tarmog‘i asoschilaridan biri Shaxzodbek Homidov.    

2024 yilda Urganchda ham dasturlash maktabi ishga tushirilganligini qayd etish darkor. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Yandex Go” kompaniyasi ko‘magida amalga oshirilgan.    

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA