Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda yana bir advokat pora bilan qo‘lga tushdi
12:21 / 2022-12-13

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB va prokuratura xodimlari tomonidan navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida 1986 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, ayni paytda “Marokand Lawyers” advokatlik firmasi advokati sifatida faoliyat yuritib kelayotgan R.A. mahalliy fuqaroning uy masalasi bo‘yicha apellyatsiya tartibida ko‘rilayotgan sud ishni o‘zining tanishlari orqali fuqaroning foydasiga hal qilib berish evaziga undan 1200 AQSH dollarini xizmat xonasida olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.  

Hozirda R.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

O‘zA.