Samarqandda xorijiy kompaniya ishtirokida 4 yulduzli mehmonxona quriladi
Bu haqda bugun Samarqandga kelgan Vengriyaning “PÓLUS” kompaniyasi rahbari Laslo Xorvat Samarqand shahar hokimi B.Obloqulov bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.
Xorijlik investor va mahalliy tadbirkor (“REYA MED” MCHJ) hamkorligida shaharning Amir Temur va Gagarin ko‘chalari kesishmasidagi bino qayta rekonstruksiya qilinib, 133 xonadan iborat 9 qavatli, to‘rt yulduzli zamonaviy “Bog‘ishamol plaza” mehmonxona kompleksi barpo etiladi. Loyihaning umumiy qiymati 15,5 million yevro miqdorida belgilangan.
Shahar hokimi bilan uchrashuv chog‘ida tomonlar ta’lim, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan kelishib oldilar.
O‘zA