Xabaringiz bor, 2022 yilning 6 oktyabr sanasida Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashining VI-sammiti”da Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan dolzarb muammolarga global hamjamiyatning turli yoshdagi vakillari birgalikda yechim izlashi lozimligi tashabbusi ilgari surilgan edi.
Shu tashabbus asosida yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashiga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlar yoshlari o‘rtasida joriy yilning 11-13 oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Yoshlar Kengashi”ning VI-yig‘ilishi, Yosh liderlar forumi va uning doirasida “Avlodlar muloqoti”ning birinchi uchrashuvi o‘tkaziladi. Shuningdek, forumning ikkinchi kunida Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari kengashining yosh liderlar forumi, II-O‘zbekiston – Qozog‘iston yoshlar kongressi, III-O‘zbekiston – Rossiya yoshlar forumi va I-O‘zbekiston – Ozarbayjon yoshlar forumi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur xalqaro tadbirlar oldidan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov jarayonlar xususida O‘zAga batafsil ma’lumot berdi.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/f1XBxp_u2A8" title="Samarqandda xalqaro yoshlar forumi o‘tkaziladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>O‘.Alimov, D.Yoqubov (video), O‘zA