Samarqandda Xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi
BMT Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi (GA25 UNWTO) doirasida Samarqand viloyatidagi "Silk Road" turizm markazida “Global Forum on Education: The Foundation of Building Tourism (Ta’lim bo‘yicha global forum: turizmni rivojlantirish asoslari) xalqaro ta’lim forumi bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro ta’lim forumi Bosh assambleyaning asosiy tadbirlaridan biri hisoblanadi. 2023 yilning 19 oktyabr kuni bu yerda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan turizm sohasida faoliyat yurituvchi 1200 dan ziyod mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda ekspertlar to‘planadi. Forum doirasida ekspertlar ta’lim, fan va turizm sohasidagi innovatsiyalar bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qiladi.
Tadbir davomida turizm va ta’lim sohasidagi yutuqlar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi “Ulysses Awards UNWTO” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Roman Bondarchuk tayyorladi, O‘zA