French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda xalqaro investitsiya forumi o‘tkazilmoqda
14:13 / 2019-11-22

22-23 noyabr kunlari Samarqandda ilk bor “Invest in Samarkand” I xalqaro investitsiya forumi va uning doirasida “Made in Samarkand” nomli milliy ko‘rgazma o‘tkazilmoqda.


22-23 noyabr kunlari Samarqandda ilk bor “Invest in Samarkand” I xalqaro investitsiya forumi va uning doirasida “Made in Samarkand” nomli milliy ko‘rgazma o‘tkazilmoqda.

Samarqand viloyati iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, hududga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni ko‘proq jalb etish hamda investorlarni mavjud sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishga qaratilgan tadbirda dunyoning 30 davlatidan 200 nafardan ortiq vakil ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayni paytda Samarqandga tashrif buyurgan chet ellik investorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari, savdo-sanoat palatalari, bank va turistik tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar vakillari viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Jumladan, forum qatnashchilari “SAG gilamlari” korxonasida bo‘lib, bu yerda ishlab chiqarish jarayonlari, tayyorlanayotgan gilam va gilam mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.