Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta okrug tuzildi
12:00 / 2024-08-08

Samarqand viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi majlisida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

– Saylov kodeksida mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish uchun saylov okruglari Xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlariga teng miqdorda tuzilishi belgilangan, – dedi viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi X.Muhammadiyev. – Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yaqinda o‘tkazilgan sessiyasida aholi sonidan kelib chiqib, viloyat Kengashida deputatlik o‘rinlari soni 60 etib belgilangan. Bizga ham ana shu 60 ta deputatlik o‘rni bo‘yicha saylov okruglarini tuzish bo‘yicha taqdimnoma kelgan va shu asosida okruglar tuzishimiz lozim.

Majlisda Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 60 ta saylov okrugi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va saylov komissiyalari joylashadigan binolar ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi belgilandi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri