Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda UNWTO Bosh assambleyasining yubiley yig‘ilishi o‘tadi
10:50 / 2023-03-13

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023 yil 16-20 oktyabr kunlari Samarqandda BMT Jahon turizm tashkiloti – UNWTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasini yuqori darajada o‘tkazishga doir qaror qabul qilindi.

Hujjatda Samarqand shahrida ushbu anjumanni yuqori darajada tashkil etish, shuningdek Shahrisabz shahrining “2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishiga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda tadbirni yuqori darajada o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan chora-tadbirlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Xususan, Bosh assambleya doirasida yurtimizga tashrif buyuradigan xorijlik mehmonlar uchun Samarqand haqidagi umumiy ma’lumotlar aks etgan maxsus qo‘llanma yaratish rejalashtirilgan. Qolaversa, qarorda “Silk Road Samarkand” xalqaro sayyohlik markazi va madaniy meros ob’ektlari, turizm, ekoturizm infratuzilmasi hamda xalqimiz hayotini aks ettiruvchi foto va video materiallar, “Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” va boshqa mavzulardagi targ‘ibot materiallarini tayyorlash hamda keng tarqatish ko‘zda tutilgan.

Sessiyada yurtimizning qadimiy shaharlaridan biri – Shahrisabz shahri “2024 yil Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini olishi uchun nomzod sifatida taqdim etiladi.

O‘zbekiston UNWTO Bosh assambleyasining 25-yubiley sessiyasiga mezbonlik qilish huquqini tuzilmaning 2021 yil Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan 24-sessiyasida qo‘lga kiritgan edi.

O‘zA