Samarqanddagi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida BMT Butunjahon turizm tashkiloti 25-sessiyasining 2-kuni boshlandi.
Dasturga muvofiq, bugun ham anjuman qatnashchilari bir qator muhim tadbirlarda ishtirok etadi. Ertalabdan majmua hududidagi Kongress-xollda va bir necha muhtasham memonxonalarda turli qo‘mitalar yig‘ilishlari boshlangan. Xususan, tuzilmaning Affillangan (saralangan) a’zolari qo‘mitasi hamda Turizm va barqarorlik qo‘mitasi majlislarida sohaga oid kun tartibidagi eng dolzarb masalalar muhokama qilinyapti.
[gallery-14061]
Ayni payt nufuzli xalqaro forum munosabati bilan maxsus tayyorlangan ulkan ko‘rgazmalar zali – Ekspo-markazda Turizm sohasida global investitsiya forumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etyapti.
G‘.Xonnazarov,
A.Isroilov (surat),
O‘zA