Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda Turkiyaning yangi bosh konsuli ish boshladi
19:44 / 2025-10-23

Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Turkiyaning Samarqanddagi yangi Bosh konsuli sifatida ish boshlagan Serdar Deniz bilan uchrashdi.

Serdar Deniz yaqinda o‘z faoliyatini yakunlagan sobiq Bosh konsul Salih Janer o‘rniga tayinlangan.

Uchrashuvda Bosh konsul faoliyati davomida O‘zbekiston hamda Turkiya munosabatlarini, Samarqand va Turkiya hududlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga hissa qo‘shishini bildirdi.

Viloyat rahbari Adiz Boboyev yangi konsulning ishiga omad tilab, Samarqand viloyat hokimligi doimiy hamkorlikka tayyorligini bildirdi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli loyihalarga e’tibor qaratdi.

Uchrashuvda Samarqand viloyat hokimligi hamda Bosh konsullik o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri