Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochiladi
14:50 / 2020-08-19

Muvofiqlashtiruvchi kengash, jumladan, chora-tadbirlar dasturining bajarilishini tahlil qiladi hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam koʻrsatadi.


“Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirdigining “Huquqiy axborot” telegram kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi hamda Turkiya bilan koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash, jumladan, chora-tadbirlar dasturining bajarilishini tahlil qiladi hamda undagi tadbirlar va loyihalarning ijrosida amaliy yordam koʻrsatadi.

Qarorga koʻra, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha Turkiya Hukumatining texnik koʻmagi kengaytiriladi va yetakchi turk ekspertlari jalb qilinadi:

sogʻliqni saqlash infratuzilmasi obyektlarini boshqarish sohasidagi salohiyatini oshirish;

seysmologiya sohasidagi institutsional va normativ-huquqiy bazani mustahkamlash, zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish;

yoʻllar va yoʻl boʻyi infratuzilmasini qurish hamda ulardan samarali foydalanish sohasida xalqaro standartlarni joriy etishga koʻmaklashish;

“elektron hukumat” sohasida Turkiyaning eng yaxshi yechimlari va texnologiyalarini joriy etish.

2020-yil yakuniga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining Bosh konsulxonasi ochiladi.