Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda triatlon bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi
14:49 / 2022-10-08

Samarqand shahrida triatlon (suzish, velosport, yugurish) bo‘yicha “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” Osiyo kubogi bellashuvlari boshlandi.

Chempionatning ochilish marosimida O‘zbekiston triatlon feredatsiyasi rahbari V.Mahmudov, Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikromov va Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov so‘zga chiqib, sportchilarga omad tiladi. Mamlakatimizda barcha sport turlari qatori triatlon ham rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Milliy triatlon federatsiyasi 2019 yilda tuzilgan va dastlab o‘nga yaqin sportchi musobaqalarda qatnashgan bo‘lsa, qisqa vaqt ichida triatlonchilar soni 100 nafardan oshdi. Ular xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

[gallery-9068]

“Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turistik markazidagi eshkak eshish kanali hududida ilk bor o‘tkazilayotgan chempionatda dunyoning 30 davlatidan kelgan 70 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Ular orasida Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari, xalqaro reytinglarning birinchi pog‘onasidan birini egallagan sportchilar ham bor. Etiborlisi, musobaqa davomida erishilgan natijalar sportchilarning reyting ochkolariga tasir qiladi. Ya’ni, ularning turnir davomida to‘plagan ochkolari 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmalar uchun hisobga olinadi. 

Dastlab professional sportchilar triatlonning klassik yo‘nalishi – ochiq havzada 1,5 kilometrga suzish, 40 kilometrga velopoyga, 10 kilometrga yugurish bahslariga kirishdi.


G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA