Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda tibbiyot sohasiga ishga joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi mansabdorlar ushlandi
12:54 / 2022-04-25

Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar chog‘ida viloyatning shaharlaridan biridagi tibbiyot birlashmasi feldsheri A.E. mahalliy fuqaroni hamshiralik lavozimiga ishga joylashtirish evaziga undan 1000 AQSH dollari talab qilib, 400 AQSH dollari va 1 million so‘m pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikdagi yana bir tezkor tadbirda tumanlardan biridagi tibbiyot birlashmasi bo‘lim mudiri B.Ya. mahalliy fuqaroni hamshira lavozimiga ishga joylashtirishni va’da qilib, undan 500 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda, mansabdorlarga nisbatan O‘zbekiston Respubliksi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA.