Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda tibbiyot bo‘yicha birinchi xalqaro forum
16:06 / 2025-11-19

Samarqandda “O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasi uchun rahbarlar tayyorlash va uzluksiz tibbiy ta’limtizimini takomillashtirish” mavzusida birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish markazi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZ hamda Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) hamkorligida tashkil etilgan anjuman ishtirokchilri klinik-akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligini ta’kidladilar.

Londondagi Vestminster universiteti huzuridagi markaz direktori doktor Gulrez M.Zarivala nutritivlarning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati hamda qo‘shma tadqiqotning dastlabki natijalari yuzasidan ma’ruza qildi. TXVU vakillari doktor Suhrob Soliyev va Dildora G‘ulomova yuqori lavozimli sog‘liqni saqlash menejerlari tayyorlash tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Yana ikki muhim mavzu – Sun’iy intellekt, jismoniy faollik va salomatlik – AI texnologiyalarining jamoat salomatligida qaror qabul qilish va xulqni o‘zgartirishdagi yangi imkoniyatlari, Tibbiy turizmning sog‘liqni saqlash boshqaruvidagi o‘rni – O‘zbekistonning tibbiy turizm bo‘yicha mintaqaviy markaz sifatida shakllanishi va sifatni boshqarish mexanizmi masalalari tahlili ham tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Belarus va Rossiya ekspertlari ishtirok etgan tadbir sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilishda raqamli innovatsiya, uzluksiz kasbiy ta’lim va yetakchilikni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan chaqiriq bilan yakunlandi.

Musulmon Ziyo, O‘zA