Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda test sinovlari boshlandi
09:55 / 2023-08-01

Samarqandda 2023-2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 7 binoda o‘tkazilmoqda. Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, 1-smenada soat 08:00 dan 11:00 ga qadar, 2-smenada soat 15:00 dan 18:00 ga qadar test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.

Yuqori havo harorati sabab joriy yil test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilmoqda, – deydi Bilim va malakalarni baholash agentligining Samarqand viloyatida test sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha mas’ul xodimi Akmal Baratov. – Samarqandda yettita binoda test sinovlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ularda bir smenada 122 gruppada 3660, bir kunda 7320 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etadi. 

– Kompyuter injiniring yo‘nalishida o‘qishga kirishni maqsad qilganman, – deydi Yashnar Norjigitov. – Asosiy yo‘nalish sifatida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialini tanladim. Test sinovlari o‘qigan darsliklarimiz bo‘yicha tushdi. Albatta, bu yilgi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, talaba bo‘lish baxtiga erishaman. 

[gallery-12972]

G‘. Hasanov,
A. Isroilov (surat), O‘zA