Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda taksi haydovchilardan ta’magirlik qilib kelgan jinoiy to‘da faoliyatiga chek qo‘yildi
07:00 / 2022-02-20

Samarqand viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan 16 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda Samarqand shahrida yashovchi haydovchilardan ta’magirlik qilib kelgan bir guruh shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahrida yashovchi bir qator kriminalitet vakillari, muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan 7 nafar shaxs  “Samarqand-Navoiy” va “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishida qatnovchi haydovchilardan zo‘ravonlik va tovlamachilik yo‘li bilan, doimiy ravishda ushbu yo‘nalishda taksichilik qiluvchilardan 300-500 AQSH dollari hamda kunlik qatnovchi haydovchilardan 30-50 ming so‘mgacha pul mablag‘larini ta’magirlik yo‘li bilan undirib kelgan.

Jinoiy guruh a’zolarining faoliyatiga qarshi chiqqan yoki so‘ralgan pul mablag‘larini bermagan fuqarolarga guruhga yollangan sportchilar orqali jismoniy tazyiq, zo‘ravonlik va og‘ir turdagi tan jarohatlari yetkazib kelishgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchilari V.F. va E.D. tadbirga jalb qilingan fuqarolarga tovlamachilik qilayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqarolar V.F. va E.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zA