Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi
18:16 / 2025-11-25

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat qishloq xo‘jaligini asosiy suv manbai Zarafshon daryosi bo‘lib, undan kelayotgan suv hajmi yil sain kamayib bormoqda. Daryodagi suv hajmi kamayib ketgani uchun yer osti suvlaridan foydalanish darajasi 2 barobar oshgan.

Shu bois, keyingi yil kamida 30 ming gektarda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish zarurligi qayd etildi.

Endi viloyatdagi fermerlar uchun tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orishni joriy qilishga beriladigan kredit foizi 14 dan 10 foizga tushiriladi, paxta maydonlarining har bir gektari uchun 12 million so‘mgacha subsidiya beriladi.

Viloyatda suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Suv solig‘i tushumi to‘liq tuman suv korxonalari ixtiyoriga o‘tkazilib, faqat ariq va kanallarni betonlashga sarflanadi. Buning natijasida har yili 1 ming kilometr tuproq kanal va ariqlar beton qoplamaga o‘tkaziladi.

Yig‘ilish yakunida davlatimiz rahbari mas’ullarning hisobotlari va rejalarini tingladi.

O‘zA