Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda sifatsiz profnastil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxona jarimaga tortildi
14:35 / 2024-05-07

Aniqlanishicha, ushbu korxona sifati kafolatlanmagan, standart talablariga javob bermaydigan profnastil mahsulotlarini ishlab chiqarib, realizatsiya qilgan.

O‘zTTSAning Nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berishicha, nazorat inspeksiyasining Samarqand viloyati inspektorlari tomonidan Samarqand tumanida joylashgan «SPS» MCHJ profnastil mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan faoliyat yuritayotgan korxonada nazorat tadbiri o‘tkazilgan.

Natijada ushbu korxona sifati kafolatlanmagan, standart talablariga javob bermaydigan profnastil mahsulotlarini ishlab chiqarib, realizatsiya qilgani aniqlangan va shunga ko‘ra, korxonaga nisbatan 109 mln so‘mlik moliyaviy jarima qo‘llanilgan.  

Shuningdek, korxonaga mahsulot realizatsiya qilishni taqiqlash va aniqlangan qonunbuzarlikni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

 

O‘zA