Samarqandda shahrida koronavirus aniqlangan 26 maktab masofaviy ta’limga o‘tdi
Samarqand shahridagi 15 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli ushbu maktablarda bugundan boshlab 14 kunga o‘quv jarayoni masofaviy shaklda o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bu muassasalar 8,10, 17, 29, 31, 36, 37, 45, 46, 50, 51, 55, 65, 69-maktablar va 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabidir.
Endilikda Samarqand shahridagi 26 ta maktabda bolalarga ta’lim berish onlayn tartibda olib boriladi. O‘quv jarayoni masofaviy shaklga o‘tkazilgan har bir maktab binosi to‘liq dezinfeksiya qilinmoqda. 14 kundan so‘ng o‘qituvchi va o‘quvchilardan olinadigan tibbiy test natijalariga qarab ta’lim muassasalarida an’anaviy o‘qish tizimiga o‘tishi mumkin.
G‘.HASANOV, O‘zA