Samarqandda saylov qizg‘in davom etmoqda (+video)
Samarqand viloyatidagi 1130 ta saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi qizg‘in davom etmoqda.
Samarqand shahridagi 10-saylov uchastkasida Obod maskan mahallasidagi 2464 saylovchi ovoz berishi belgilangan.
- Uchastkamizda erta tongdan saylov jarayonlari boshlandi,- deydi uchastka saylov komissiyasi raisi Muhammad Egamqulov.- Saylovga fuqarolarimiz befarq emas. Muhim siyosiy jarayonga barcha o‘z munosabatini bildirishga intilmoqda.
[gallery-20023]
Uchastkamiz bo‘yicha 267 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan edi. Bugun erta tongdan saylovchilarimiz faol ishtirok etmoqda. Joriy saylovda 19 nafar birinchi marta ovoz berayotgan saylovchilarimiz ham bor. Shuningdek, to‘rt bemor va keksalar yashash joyida ovoz berishi rejalashtirilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/iJfahIJITvs" title="Samarqandda saylov qizgʻin davom etmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari