Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda quyosh elektr stansiyasi qurilishi yiliga 260 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi
16:53 / 2021-08-04

Avval xabar berilganidek, Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari davom etmoqda.

 Stansiya joriy yilning to‘rttinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ayni chog‘da Prezidentimizning 2020 yil 13 maydagi  “Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyani qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Fransiyaning “Total Eren S.A.” kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish ishlari jadal olib borilmoqda.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda kirish yo‘llarini qurish, yer maydonini tekislash va to‘siqlar bilan o‘rab chiqish ishlari yakunlangan. Shuningdek, respublikaga loyiha doirasida ishlatiladigan uskunalar olib kelinmoqda. Hozirga qadar 50 ta konteyner olib kelingan va 200 dan ortiq ishchilar jalb qilingan.

Ilk generatsiya quvvatini yagona elektr energetikasi tizimiga ulash 2021 yil oktyabr oyiga, loyihani to‘liq ishga tushirish esa 2021 yilning dekabr oyiga rejalashtirilgan.

Mazkur stansiyaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 260 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, 76 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Mazkur investitsiya loyihasi doirasida barpo etilayotgan elektr stansiyasining umumiy yer maydoni 353 gektarni, loyihaning umumiy qiymati esa 100 million AQSH dollarini tashkil etadi va investor (Fransiyaning “Total Eren SA”) tomonidan 100 foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi.

O‘zA.