Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda qurilish ob’ektlarida sifatli materiallar talabi tahlil qilinmoqda
17:39 / 2024-08-08

Samarqand shahridagi qurilish ob’ektlarida inspeksiya va tegishli tashkilotlar ishtirokida sifatli va talab darajasidagi qurilish materiallari ishlatilishini tahlil qilish maqsadida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tahlillar natijasida bir qator qurilish uchun ishlatilgan materiallar muvofiqlik sertifikatisiz, sifat guvohnomalarini rasmiylashtirmagan holda ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazib berilgani aniqlangan.

Jumladan, “Sog‘da qurilish” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan PB 42.5x12, 42.5x10 markali, “SAM VP” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan PK 3.3x12 markali yopma plitalar muvofiqlik sertifikatisiz realizatsiya qilingan.

"Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tushuntirish olib borildi va korxonalarga ogohlantirish xati yuborildi," — deyiladi xabarda.

O‘zA