Samarqandda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni nishonlandi
Samarqand tumanidagi “Layf Garden” bazmgohida o‘tkazilgan tadbirda viloyat qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori hosildorlikka erishgan fermer xo‘jaliklari, tomorqachilar, olimlar, suvchi-irrigatorlar, mexanizator hamda agronomlar ishtirok etdi.
Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov qishloq xo‘jalik xodimlarini erishgan muvaffaqiyatlari, sohadagi yutuqlari bilan tabrikladi.
Hosil bayramida viloyat agrar sohasida xizmat qilayotgan bir guruh fidoyilar qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi vazirliklari va viloyat hokimligi, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining ko‘krak nishoni, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-403]
Bayram tadbirida viloyatda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkasi ham tashkil etildi.
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA