Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda qidiruvda bo‘lgan 198 nafar qarzdor fuqaro topildi
14:00 / 2023-07-17

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasining qidiruv sho‘’basi tomonidan qarzdor va ularning mol-mulklarini topish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida olib borilgan tezkor tadbirlarda aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan 198 nafar qarzdor fuqaro topilgan. Natijada 73 nafar qarzdor fuqaro aliment pullarini to‘lab bermaganligi sababli, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik masalalari hal etilgan.  

– Ish yurituvda bo‘lgan ijro ishlari yuzasidan 110 nafar qarzdor jismoniy shaxsni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda, – deydi MIB Samarqand viloyati boshqarmasi inspektori To‘rajon Jalilov. – Qidiruvga berilgan ushbu shaxslardan 36 nafari chet elga turli maqsadlarda chiqib ketganligi aniqlandi va ularga nisbatan davlatlararo qidiruvni amalga oshirish bo‘yicha so‘rovnomalar yuborildi. Bundan tashqari, mahalliy qidiruvga berilgan 74 nafar qarzdorni topish bo‘yicha tegishli huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.  

 

G‘. Hasanov,  

O‘zA